Afg‘onistonda oxirgi sutka mobaynida 92 jangari yo‘q qilindi
Afg‘oniston harbiylari maxsus operatsiya doirasida oxirgi sutka mobaynida 92 jangarini yo‘q qildi. Bu haqda 13-avgust kuni mamlakat mudofaa vazirligining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Bayonotda aytilishicha, o‘ldirilgan ekstremistlar orasida to‘qqiz nafar chet el fuqarosi bor. Jangarilar orasida “Tolibon” harakati a’zolari borligi aytilmoqda.
Pokiston bilan chegaradagi Paktika viloyatida 40 jangari yo‘q qilindi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar