Rio-de-Janeyro shahridagi Olimpiada o‘yinlarining ot sporti matbuot markaziga tekkan o‘q u yerga tasodifan borib tushgan. Bu haqda Rio–2016 tashkiliy qo‘mitasining jamoat bilan aloqalar bo‘limi direktori Mario Andrada ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Rio–2016 o‘yinlari davomida ot sporti matbuot markaziga o‘q ikkinchi marta kelib tushdi. 6-avgust, shanba kuni o‘q matbuot markazining brezentli tomiga tegdi. 10-avgust, chorshanba kuni esa o‘q otxonaga borib tushdi. Har ikki holatda ham hech kim jabrlanmadi.
“Tahlil o‘q ikki ming metr masofadan uzilgani va tezligi past bo‘lganini ko‘rsatdi. Politsiya bu tasodif ekanini aytdi”, – deya ma’lum qildi Andrada.
Izoh (0)