Rio—2016 Olimpiadasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik dzyudo ustasi Abdulla Tangriyev yarim final masalasini ijobiy hal qildi.
Sportchi Rio-de-Janeyrodagi uchinchi jangini qirg‘izistonlik Yuriy Krakovetskiyga qarshi o‘tkazdi va ippon bahosi bilan g‘olib chiqdi.
Bunga qadar Abdulla Tangriyev samoalik va ruminiyalik dzyudochilarni ham ippon bahosi bilan yengishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)