Majid Karimov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Bungacha Majid Karimov Toshkent davlat texnika universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekiston hukumati portali ma’lumotlariga ko‘ra, Majid Karimov Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari sifatida faoliyat olib boradi.
UZ24’ning yozishicha, 1956-yilda tug‘ilgan Majid Karimov 1979-yili Toshkent politexnika institutini tamomlagan va shu yili o‘qituvchilik faoliyatini boshlagan.
Texnika fanlari doktori darajasiga ega bo‘lgan Majid Karimov 2012-yildan beri Toshkent davlat texnika universitetiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)