O‘zbekistonda 12-avgust, juma kuni issiq iqlim sharoiti saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 12-avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +13…+18 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +18…+23 daraja, Toshkent shahrida +21…+23 daraja, qolgan hududlarda +22…+27 daraja iliq bo‘ladi.
Juma kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +26…+31 daraja, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +33…+38 daraja, Toshkent shahrida +37…+39 daraja, qolgan hududlarda esa +35…+40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)