O‘zbekiston viloyat markazlari va yirik shaharlarida 9-avgust, seshanba kuni havo harorati +37 darajadan past bo‘lmadi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda (pdf).
9-avgust kuni Samarqand, Jizzax, Andijon, Namangan, Farg‘ona shaharlarida eng yuqori havo harorati +37 darajani, Navoiy, Guliston shaharlarida +38 darajani, Nukus, Urganch, Buxoro, Qarshi, Toshkent shaharlarida +39 darajani, O‘zbekistonning eng janubiy shahri — Termizda esa +40 darajani tashkil etdi.
Shu kuni Buxoro viloyatining Jongeldi qishlog‘ida va Navoiy viloyatining Tomdibuloq shaharchasida ham havo harorati +40 darajaga yetgan.
Mamlakat hududidagi 9-avgustdagi eng yuqori harorat Navoiy viloyatining Buzaubay shaharchasida qayd etilgan — bu yerda havo harorati +41 darajagacha ko‘tarilgan.
Mamlakatning tog‘li hududlarida ham havo harorati biroz ko‘tarilgan, biroq umumiy jaziramaga nisbatan baribir salqin iqlim sharoiti saqlanib qolgan.
Xususan, Qamchiq dovonida harorati +25 darajadan, Chimyonda esa +30 darajadan oshmagan. Shahar va shaharchalar orasida eng salqin havo Angren (Toshkent viloyati, +33 daraja issiq) va Lalmikor (Jizzax viloyati, +34 daraja issiq)da qayd etilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)