Rossiya federal aksilmonopol xizmati Google korporatsiyasi 438 million rubl miqdorida ma’muriy jarima to‘lashi lozimligini belgiladi. Bu haqda, idora matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz kompaniya qarorimizni bajarishidan va jarimani eng yaqin vaqtda to‘lashidan umid qilamiz”, — dedi xizmat rahbari Aleksey Dotsenko.
Tergov chog‘ida aksilmonopol xizmat Google Rossiya hududida sotiladigan smartfonlar ishlab chiqaruvchilariga Google Play dasturlar do‘konini smartfonga faqat korporatsiyaning boshqa dasturlari o‘rnatilishi sharti bilan taqdim etishini aniqladi. Bu dasturlar orasida smartfonning bosh ekranida joylashadigan qidiruv tizimi borligi aytilmoqda. Shu tariqa, korporatsiya raqobatni himoya qilish qonunchiligiga zid xatti-harakatlarda ayblanmoqda.
Izoh (0)