2016-yilning avgustidan 2017-yilning martiga qadar Euronews telekanalida O‘zbekistonning turistik salohiyati haqida reklama roligi namoyish etiladi. Bu haqda, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmatiga asoslanib, UzReport xabar bermoqda.
Shuningdek, telekanal Postcards va Cult ruknlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari va boshqa mintaqalardagi madaniy-tarixiy yodgorliklar haqida 18 ta syujet namoyish qiladi.
Izoh (0)