Rio—2016 Olimpiadasining 81 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Elshod Rasulov birinchi jangini britaniyalik Joshua Buatsiga qarshi o‘tkazdi.
Turnirdagi ishtirokini 1/8 finaldan boshlagan Elshod Rasulov uchun dastlabki jang muvaffaqiyatsiz kechdi. U britaniyalik raqibiga dastlabki ikki raundni boy berib qo‘ydi va yakunda ham vaziyatni o‘nglay olmadi. Hal qiluvchi raundni referi to‘xtatishga majbur bo‘ldi hamda Elshodning mag‘lubiyatini qayd etdi.
Elshod Rasulovga qadar Rio-de-Janeyroda ringga chiqqan o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi raqibini mag‘lub etgandi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada—2016 dagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Izoh (0)