Xitoyning China Capital Investment Group kompaniyasi Avstraliyaning Katta to‘siq rifida joylashgan orolni 19,2 million dollarga xarid qildi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uitsandi arxipelagining Saut Moll oroli jismoniy shaxs tomonidan shu yilning aprel oyida sotuvga qo‘yilgandi. Agentlikning qayd etishicha, kelishuv 12 gektar sohilni, bu yerlar uchun noyob sanalgan 600 metr oq plyajni hamda milliy bog‘ bilan o‘ralgan 15 gektarlik yer maydonini o‘z ichiga oldi.
China Capital Investment Group orolda 1 300 kishiga mo‘ljallangan shaxsiy kurort barpo etmoqchi, ammo ayni damda loyiha hukumatning muhokamasida bo‘lib turibdi.
China Capital Investment Group uchun Uitsandi arxipelagidagi ushbu xarid birinchisi bo‘lmadi. 2015-yilda kompaniya Deydrim orolidagi spa-kurortni 23 million dollarga sotib olgandi.
Izoh (0)