Xitoy poytaxti Pekin shahrining rasmiylari zaharli havodan 2020-yilda xalos bo‘lishga umid qilmoqda. Bu haqda “Beyszin sinnyanbao” gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Ayni damda biz havo sifatining monitoringini olib boryapmiz. O‘tgan yili havo tarkibidagi zararli moddalarning konsentratsiyasi bir kub metrga 61 mikrogrammni tashkil qilgandi. Kelasi yili ushbu indeks 50 mikrogrammgacha kamayadi. 2020-yilda yaxshi holatga keladi”, – deya ma’lum qildi shahar ma’muriyati vakili Mu Pen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘mirdan foydalanishni qisqartirish va yangi ekinlar ekish orqali ushbu vazifani hal qilish rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, Xitoy hukumati megapolisda havo sifatini yaxshilash dasturiga 16,5 milliard yuan (2,57 milliard dollar) ajratdi.
Shahar rasmiylari 200 mingga yaqin yuqori darajadagi chiqindi chiqaruvchi avtomobillarni yo‘q qilishni maqsad qildi.
O‘tgan yilning kuz—qish mavsumda Pekin va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida atmosferaning ifloslanishi oqibatida ekologik xavfning “qizil” va “to‘q sariq” darajasi e’lon qilingandi.
Izoh (0)