Afg‘oniston shimolidagi Balx provinsiyasida sodir bo‘lgan portlashda ikki kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, hodisa Mozori-Sharif shahridagi bozorda yuz berdi.
Hududda faoliyat olib borayotgan jangari guruhlarning hech biri portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh (0)