Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Hasanboy Do‘stmatov bo‘lajak raqibi bilan jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar berdi “Olamsport”.
49 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi turnirning 1/8 finalida meksikalik Xoselito Velaskes bilan jang qilgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi 3:0 hisobida zafar quchgandi. Chorak finalda u qozog‘istonlik Birjan Jakipovga qarshi ringga ko‘tariladi.
“Bungacha u bilan uch marta jang qilganman. Janglarning bittasida nokautga ham uchratganman. Nasib qilsa, bu safar ham uni yengib, navbatdagi bosqichga yo‘llanma olaman”, — deb ta’kidlagan Hasanboy Do‘stmatov.
O‘zbekiston va Qozog‘iston sportchilari o‘rtasidagi chorak final jangi 10-avgust kuni 16:00 da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)