Bolgariya politsiyasi Charlie Hebdo hajviy jurnalining Parijdagi tahririyatiga qilingan hujumda ishtirok etgan terrorchilardan birining kuyovi Murod Hamidni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda “TASS” Bolgariya bosh vaziri o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri Rumyana Bichvarovaga tayanib.
“Murod Hamid hibsga olindi, uning xatti-harakatlari chet ellik yollanma askarga xos edi. Oldinda sud jarayoni kutib turibdi, unda qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilinadi”, — dedi Bichvarova.
U, shuningdek, Fransiya OAVlarining Parijdagi terakt ishtirokchisining qarindoshiga nisbatan hibs uchun Yevropa orderi berilgani haqidagi ma’lumotlarini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 7-yanvar kuni Parijdagi Charlie Hebdo satirik haftanomasi tahririyatiga hujum uyushtirib, 12 kishini o‘ldirgan va 10 dan ortiq kishiga jarohat yetkazgan jinoyatchilar 10-yanvar kuni Fransiya poytaxti shimolida yo‘q qilingan edi.
Izoh (0)