Ruminiya g‘arbidagi Xunedoara uyezdining Vetsel aholi punkti hududida yo‘lovchi mikroavtobusi va yuk furgonining to‘qnashib ketishi oqibatida 20 kishi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avtobusda “Aurul” o‘smirlar futbol jamoasining 17—26 yosh oralig‘idagi 18 nafar futbolchisi bo‘lgan. Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, ular Iliya aholi punktidagi futbol matchiga yo‘l olgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avtofurgonning 39 yoshli haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, avtobusga to‘qnashib ketgan.
Jabrlanganlarning aksariyatida qo‘l-oyoq sinishi, bosh miya shikastlanishi qayd etilgan. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)