Angliyaning “Liverpul” klubi Ispaniya chempioni “Barselona”ni tor-mor keltirdi — 4:0. Xalqaro Chempionlar Kubogining mazkur uchrashuviga Londondagi “Uembli” stadioni mezbonlik qildi.
89 845 nafar ishqiboz kuzatib borgan o‘yinda APLda mavsum yakunlariga ko‘ra 8-o‘rin bilan kifoyalanib, yakunda xalqaro maydon yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan “Liverpul” yirik hisobda zafar quchdi. O‘yin “Uembli” stadioni tarixida eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan ikkinchi o‘yin sifatida eslanadigan bo‘ldi.
Yurgen Klopp boshchilik qilayotgan “Liverpul” turnirdagi birinchi o‘yinda “Chelsi”dan 0:1 hisobida yengilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda “Milan” ustidan 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. Natijada ingliz klubi 6 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi.
“Barselona” ham 6 ochko jamg‘ara oldi. Klub avvaliga “Seltik” (3:1), keyin esa “Lester” (4:2) ustidan g‘olib chiqqandi.
International Champions Cup—2016 6-avgust, shanba London, “Uembli”
“Liverpul” — “Barselona” 4:0
Gollar: Sadio Mane, 15 (1:0). Xavyer Maskerano, 47-avt (2:0). Divok Origi, 48 (3:0). Gruyich, 90 (4:0).“Liverpul”: Minyole, Klayn, Lovren, Klavan, Jan (Styuart, 46), Milner (Moreno, 42), Veynaldum, Lallana (Xenderson, 46), Koutinyo (Origi, 46), Firmino, Mane.
“Barselona”: ter Stegen (Bravo, 46), Vidal (Serxi Roberto, 46), Mate, Kamara, Maskerano, Buskets, Turan, Denis Suares, Messi, Suares, Munir.
Izoh (0)