Meksika shimolidagi Sonora shtatining Syudad-Obregon shahrida ichida radioaktiv materiallar bo‘lgan konteyner o‘g‘irlandi. Bu haqda Meksika IIV qoshidagi Fuqarolik kuchlari mudofaasi milliy boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lum bo‘lishicha, konteyner ichida ameritsiya izotoplari, berilliya va seziya bo‘lgan.
“Radiatsiya manbasi xavfsizlik qoidalariga muvofiq ishlatilmasa, inson hayoti uchun xavf solishi mumkin”, – deyiladi boshqarma xabarida.
Konteynerning yo‘qolishi munosabati bilan Sonora, Quyi Shimoliy Kaliforniya, Sinaloa va Chiuaua shtatlarining fuqarolik kuchlari mudofaasi tegishli ogohlantirishlar oldi. Hukumat rasmiylari radiatsiya manbasi topilgan taqdirda, bu haqda zudlik bilan ma’lum qilishga chaqirdi.
Izoh (0)