Peru yangilangan vazirlar mahkamasining birinchi yig‘ilishi davlat rahbari qarorgohi hovlisidagi mashq bilan yakunlandi. Bu haqda 5-avgust, juma kuni The Guardian nashri ma’lum qildi.
Mamlakat prezidenti Pedro Pablo Kuchinski vazirlar uchun sport mashg‘ulotlarini har hafta o‘tkazishga va’da berdi.
Kuchinski 4-avgust kuni yangi hukumatning birinchi majlisini o‘tkazdi. Majlisdan so‘ng u va 19 nafar vazirdan 11 nafari qarorgoh hovlisiga chiqib, yarim soatga yaqin jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandi. Bu qarorgoh devori ortida to‘plangan tomoshabinlarning olqishiga sabab bo‘ldi.
77 yoshli davlat rahbari bu kabi mashg‘ulotlarni har chorshanba o‘tkazishga va’da berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, aholisining yarmidan ko‘pi ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi mamlakatda sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish muhim hisoblanadi.
Izoh (0)