2016-yilda Italiya muhojirlarni qabul qilishga 1,5 milliard yevro sarflaydi. Bu o‘tgan yilgidan 500 million yevroga ko‘proqdir, deb ma’lum qiladi “TASS”.
Italiya IIV migratsiya va fuqaro erkinliklari masalalari departamenti rahbari Mario Morkonening agentlik bilan suhbatda aytishicha, yil boshidan bugunga qadar mamlakat 140 ming muhojirni qabul qilgan.
“O‘tgan yil davomida bu ko‘rsatkich 100 mingdan biroz oshgan edi”, — ta’kidladi amaldor.
“Tabiiyki, bu qabul uchun ko‘proq xarajat bo‘lishini ko‘zda tutadi. Joriy yildagi xarajatlar 1,5 milliard yevroni tashkil etadi”, — qo‘shimcha qildi Morkone.
Izoh (0)