Hindiston shimoli-sharqidagi Assam shtati Kokrajxar shahri bozorining jangarilar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, yana 15 nafari yaralandi. Bu haqda NDTV telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiya xodimlari bunga javoban jangarilarga qarata o‘t ochdi. Terrorchilardan biri o‘ldirildi, voqea joyida Kalashnikov avtomati topildi.
Mahalliy hukumat rasmiylari terakt ortida Milliy-demokratik Bodolenda fronti separatistlari turganini taxmin qilmoqda.
Jinoyatchilarni izlash jarayoni olib borilmoqda.
Izoh (0)