Kreml Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra ikki davlat munosabatlarini qayta tiklash yo‘llari topilishini kutmoqda. Bu haqda, Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovning bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Munosabatlarimizni qanday, qanaqa sur’atlarda va qanday tartibda qayta tiklashimiz borasida jiddiy fikr almashinuvi kutilmoqda”, — dedi u.
“Kun tartibi kutilganidek bo‘ladi, — so‘zida davom etdi Peskov. — Rossiya samolyoti bilan bog‘liq ma’lum voqeaga qadar RF va Turkiyani ilg‘or sheriklik munosabatlari birlashtirib turgan edi: savdo-iqtisodiy va investitsion mavzular majmui bo‘yicha hamkorlik olib borilayotgandi, siyosiy muloqot ham juda yaqin edi”.
Izoh (0)