KXDR 2020-yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga “milliy afsona”ga aylanadigan professional tarzda tayyorlangan futbolchilar tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Kim Chjon Man ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Umid qilamanki, tasdiqlangan reja o‘z maqsadimizga erishish uchun yordam beradi”, – deya ma’lum qildi Kim Chjon Man.
Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, yaqin vaqt ichida Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan erkak va ayollar terma jamoalari uchun iqtidorli sportchilarni saralash boshlanadi. KXDR futbol assotsiatsiyasida ma’lum qilinishicha, tayyorlanayotgan reja doirasida boshqa mamlakatlarning sport tashkilotlari bilan hamkorlik qilish hamda hududiy va xalqaro futbol federatsiyalari bilan aloqani kuchaytirish dasturini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Norvegiyaning NRK telekompaniyasi Shimoliy Koreya terma jamoasiga norvegiyalik mutaxassis Yorn Andersen bosh murabbiy bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha KXDR erkaklar terma jamoasi 1966 va 2010-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Izoh (0)