Ijtimoiy tarmoqlarda Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayonidan olingan suratlar tarqaldi, deb yozadi “RBK”.
Repetitsiyaga uch mingga yaqin tomoshabin taklif qilingan. Tashkilotchilar fotosuratlarni internetda e’lon qilmaslikni so‘ragan bo‘lsa-da, ular Instagram, Twitter va Facebook‘da tarqalib ketdi.
Shuningdek, tayyorgarlik jarayoni ishtirokchilari ochilish marosimining ba’zi tafsilotlarini oshkor qildi. Uch soatlik shou davomida, ularning so‘zlariga ko‘ra, Braziliya tarixiga oid lavhalar namoyish etiladi, shu bilan birga, mamlakatdagi ijtimoiy muammolarga ham e’tibor qaratiladi.
Ochilish marosimi 5-avgust kuni Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tadi, u 78 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.
Izoh (0)