Xalqaro Chempionlar Kubogining AQShdagi musobaqasida Madridning “Real” klubi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Germaniya chempioni “Bavariya”ga qarshi saf tortgan “qirollik klubi” Daniloning yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi.
“Bavariya” bunga qadar Milan shahri klublariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etgandi. “Milan” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy bergan Bundesliga yetakchisi, “Inter” ustidan 4:1 hisobida zafar quchgandi.
Zidan boshchilik qilayotgan “Real” esa Xalqaro Chempionlar Kubogini “PSJ”dan mag‘lubiyat bilan boshladi — 1:3. Keyinroq esa Londonning “Chelsi” klubini taslim qildi — 3:2.
Turnir davomida “Bavariya” 4, “Real” 6 ochko ishlashga erishdi.
International Champions Cup—2016 Ist-Raterford, AQSh 3-avgust, chorshanba
“Bavariya” — “Real” 0:1
Gol: Danilo, 79 (0:1).“Bavariya”: Ulrayx, Rafinya, Martines (Pantovich, 77), Feldxan, Bernat, Alonso (Benko, 56), Lam, Vidal, Tiago Alkantara (O‘zturk, 88), Alaba, Grin.
“Real”: Kasilya, Karvaxal (Danilo, 63), Ramos (Linxart, 62), Varan (Nacho, 46), Marselo (Texero, 77), Modrich (Kovachich, 46), Kazemiro (Loryente, 78), Xames (Asensio, 46), Vaskes, Morata (Dias, 77), Isko (Edegor, 63).
Izoh (0)