UEFA “Maribor” futbol klubi va Sloveniya Futbol Assotsiatsiyasiga hamdardlik bildirdi, deb xabar berdi “Chempionat”.
2-avgust kuni “Maribor” futbol klubining to‘rt nafar futbolchisi mashg‘ulotdan qaytayotganda, avtohalokatga uchragan va ulardan ikki nafari hayotdan ko‘z yumgan. Bular hujumchi Zoran Balyak hamda himoyachi Damyan Maryanovich.
Darvozabon Lyubomir Moravits hamda yana bir himoyachi Ziga Lipushek og‘ir jarohat bilan kalasxonaga yetkazilgan.
UEFA 4-avgust — payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ligasi doirasidagi “Maribor” va Shotlandiyaning “Aberdin” klublari o‘rtasidagi o‘yin 1 daqiqalik sukut bilan boshlanishini, har ikki jamoa futbolchilari qora tasmalarda maydonga chiqib kelishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)