Favqulodda vaziyatlar xizmati Dubay aeroportida Emirates kompaniyasiga tegishli samolyotning bortida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etdi. Bu haqda Dubay shahri ma’muriyatining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Xabarda qayd etilishicha, Boeing-777 samolyoti ichida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi.
Emirates kompaniyasining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, havo kemasi bortida 282 yo‘lovchi va 18 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Sayohatchilarning aksariyati – 226 nafari Hindiston fuqarosi bo‘lgan. Bundan tashqari, samolyotda BAA, AQSh, Turkiya, Irlandiya, Avstraliya, Braziliya, Germaniya va boshqa mamlakat fuqarolari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 3-avgust kuni Hindistonning Trivandram shahridan Dubayga uchayotgan Boeing-777 samolyoti muvaffaqiyatsiz qo‘nishni amalga oshirgani tufayli uning bortida yong‘in kelib chiqdi.
Izoh (0)