Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax rossiyalik sportchilarning Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ishtirok etishi masalasi adolat prinsiplari bilan hal etilgani va u siyosatdan holi bo‘lganini aytib o‘tdi.
Tomas Bax bu haqda tashkilotning Braziliyadagi 129-sessiyasi ochilishi vaqtida ma’lum qilgan, deb yozdi “RBK”.
“Biz rossiyalik sportchilarga qo‘yilgan ayblovlarni shunchaki e’tibordan chetda qoldira olmasdik. Boshqa tomondan esa biz ayblovlardan holi bo‘lgan sportchilarga o‘zlarini oqlash va ko‘rsatish imkonini berishimiz lozim edi. Qaysidir sportchini uning mamlakati yo‘l qo‘ygan xato sabab jazolash kerak emas”, — deb aytib o‘tgan Bax.
Tashkilot prezidenti qabul qilinadigan har qanday qaror siyosiy tazyiqlardan holi bo‘lishi kerakligiga alohida urg‘u bergan.
Izoh (0)