“RoomGuru.ru” sayyohlik servisi 2016-yilda rossiyalik sayyohlar orasida MDH mamlakatlarining eng ommabop bo‘lgan shaharlarini aniqladi. Toshkent mazkur reytingda 7-o‘rinni egalladi.
Reyting sayyohlik servisi ekpertlari tomonidan 2016-yilning 1-yanvaridan 31-iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i uchun mehmonxonalarning bron qilinishi bo‘yicha ma’lumotlar asosida tuzildi.
Minsk rossiyalik sayyohlar orasida MDH mamlakatlarining eng ommabop shahri deb topildi. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Olmaota, Boku, Ostona, Yerevan, Kiyev, Bishkek, Vitebsk va Kishinyov shaharlari kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent “Travel.ru” sayyohlik servisi tomonidan 2016-yil 1-fevralidan 31-dekabrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i uchun mehmonxonalarning bron qilinishi bo‘yicha ma’lumotlar asosida tuzilgan reytingida ham 7-pog‘onadan joy olgandi.
Izoh (0)