Papua-Yangi Gvineyaning Miln-Bey provinsiyasida noma’lum kimsalar aviakompaniya ofisidagi odamlarni garovga oldi. Politsiya xodimlari garovga olinganlarni ozod qilishga urinmoqda. Bu haqda ABC telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa mamlakatning eng asosiy turistik shahri Alotauda sodir bo‘ldi. Ofis binosi yaqinidagi barcha yo‘llar berkitildi. Politsiya voqea joyini qurshovga olgan.
Izoh (0)