Sibir aviatsiya qidiruv-qutqaruv markazi direktori vazifasini bajaruvchi Vladimir Plotnikov halokatga uchragan An-2 samolyotining tirik qolgan ekipaj a’zolari topilmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Qutqaruvchilarning voqea joyidan ma’lum qilishicha, samolyot vayron bo‘lgan va butunlay yonib ketgan. Tirik qolganlar yo‘q”, — dedi u.
Plotnikovning aniqlik kiritishicha, qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv vertolyotini qo‘ndirish uchun joy hozirlamoqda. An-2 halokatga uchragan joy yaqiniga Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi vakillari va tergovchilar bo‘lgan havo kemasi qo‘ndiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qutqaruvchilar g‘oyib bo‘lgan An-2 samolyotining tog‘larda halokatga uchraganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)