Buyuk Britaniya va Yevropa rasmiylari Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish jarayonini 2019-yilning yozida tugatishga umid qilmoqda. Bu haqda Financial Times nashriga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Yevropaning yuqori martabali mansabdorlarining ma’lum qilishicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar 2017-yilning kuzidan kechikmasligi uchun ular ikki yillik muzokaralarni olib borish maqsadida tayyorgarlikni endigina boshladi.
Avvalroq Yevroittifoq bilan savdo kelishuvlari muzokaralarini boshqaradigan Buyuk Britaniya vaziri Layam Foks Brexit jarayoni 2019-yilning yanvar oyida, ikki yillik rasmiy muzokaralar 2017-yil boshida boshlanishini aytib o‘tgandi. Brexit ishi bo‘yicha bosh vazir Devid Devis Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish muddati taxminan 2018-yilning oxiri yoki 2019-yilning boshida bo‘lishini ma’lum qilgan.
Ushbu grafikka amal qilish uchun Buyuk Britaniya hukumati shu yilning oxiriga qadar Lissabon kelishuvining 50-moddasiga binoan Bryusselga Yevroittifoqdan chiqish uchun rasmiy ariza berishi kerak. Yevropa Ittifoqi mamlakat bosh vaziri Tereza Meydan ushbu ishni tezroq amalga oshirishni talab qilmoqda. O‘z navbatida Buyuk Britaniya bosh vaziri yangi Vazirlar mahkamasi muzokaralarga tayyorlanishi kerakligi uchun bu ishni 2017-yildan oldin bajara olmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)