Amazon.com Inc. 1-avgust kungi sotuvlar chog‘ida Exxon Mobil Corp’dan o‘zib ketib, kapitalizatsiya bo‘yicha AQShning 4-kompaniyasiga aylandi. Bu haqda MarketWatch’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Sotuvlar chog‘ida Amazon’ning bozor narxi 1,3 foizga oshib, 364 milliarddan ko‘proqni tashkil etdi. O‘z navbatida Exxon Mobil aksiyalari narxi 2 foizga, kompaniya kapitalizatsiyasi esa 361,6 milliard dollarga tushib ketdi.
Oxirgi ikki sessiya davomida Amazon yettinchi o‘rindan to‘rtinchiga ko‘tarilishiga choraklik hisobotlarida qayd etilgan ijobiy natijalar hamda Fire planshetlarining sotilishi haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)