National Geographic nashri Yer sayyorasidagi eng ifloslangan shahar — Dehlidan fotoreportaj tayyorladi. 2014-yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Dehlini eng iflos havoga ega shahar deb tan olgan edi, deb eslatadi TJournal.
Nafaqat havo, balki daryo va boshqa havzalardagi suv ham jiddiy tarzda ifloslangan. Dehlida avtomobil oqimi juda katta, shahar hududida urbanizatsiya tez sur’atlarda ketmoqda, chiqindilar esa ko‘pincha yoqib yuboriladi. Buning oqibatida Dehlining havosi Pekinnikidan ham iflosroq ahvolga keldi.
Shuningdek, chiqindi va kimyoviy cho‘kindilar daryolarga to‘kib yuboriladi.
Sut fermalari, zavodlar, aholi yashash hududlari katta axlatxonalar yaqinida joylashgan.
Shunga qaramay, odamlar shu daryolarda cho‘miladi, iflos suvni ichadi, bu bilan ular gunohlaridan forig‘ bo‘lishlariga ishonadi. Yamuna daryosi shahar aholisining ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadi.
Ko‘plar chiqindilar ichida metall, plastik va boshqa narsalar topib, qayta ishlashga topshirish bilan kun ko‘radi.
Izoh (0)