Consumer Reports jurnalining ekspertlari biologik faol qo‘shimchalar guruhiga kiruvchi (dori-darmon sifatida litsenziya qilinmagan) preparatlarni tahlil qildi va undagi eng xavfli 15 moddani aniqladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Biologik faol qo‘shimchalardagi tavsiya etilmaydigan moddalar ro‘yxatiga metilsinefrin, usnin kislotasi, ko‘k choy kukuni, botqoq yalpizining yog‘i, fermentlashtirilgan qizil guruch, okopnik, dubrovnik, akotin, chaparal, qoncho‘p, lobeliya, yoximbe, tuyatovon, kava va kristall kofein ekstraktlari kiritildi.
Ushbu moddalar ma’lum holatlarda yurak-qon tomiri va asab tizimlariga zarar yetkazishi, ichki organlarning yaralanishi va hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli, yuqoridagi moddalarni shifokor maslahatisiz qabul qilish xavfli sanaladi.
Izoh (0)