“Barselona” futbolchilari biroz ko‘ngil yozish maqsadida bamperbollarda mashg‘ulotlar uyushtirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mashg‘ulot shu qadar maroqli bo‘lib chiqdiki, boshida sportchilar futbolni ham unutib qo‘ydi. “Barsa” futbolchilari o‘yinqaroqlik bilan bir-biriga urilardi; Suarez hatto bamperbol ichidan chiqib ketdi.
Shundan so‘ng kataloniyaliklar bamperbol ichida turib futbol o‘ynashga urinib ko‘rdi, ammo bu ancha mushkul bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)