Armaniston bosh prokurori Gevork Kostanyan Yerevanda politsiya patrul-post xizmati polki binosini necha kunlardan buyon garovda ushlab turgan “Sasna srer” qurolli guruhi a’zolarini taslim bo‘lishga chaqirdi. Bu holda tergov ayblovlarni yengillashtirishi va’da qilindi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Agar ular o‘z ixtiyori bilan garovdagilarni va binolarni ozod qilsa, qonunchilikka muvofiq, rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rilishi mumkin bo‘ladi — ularning xatti-harakatlari boshqa jinoyatlarning belgilariga ega bo‘lmasa, mazkur bandlar bo‘yicha ta’qib to‘xtatiladi”, — dedi Kostanyan “Shant” telekanali efirida.
“Odamlar va binolarni ozod qilgan shaxslar faqat ‘noqonuniy qurol saqlash’ moddasi bo‘yicha sudlanadi”, — qo‘shimcha qildi bosh prokuror.
Izoh (0)