Amerikalik milliarder Donald Tramp uning saylovoldi poygasidagi asosiy raqibi AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Amerikaning yirik korporatsiyalari nazorati ostida ekanligi va mamlakatni boshqarishga tayyor emasligiga ishonchi komil ekanligini ma’lum qildi. Tegishli bayonot uning Twitter’dagi rasmiy mikroblogida chop etildi, deya xabar berdi “TASS”.
“Hillari hech qachon Uoll-stritni isloh qilmaydi. U Uoll-stritga tegishli”, — dedi u Amerika diplomatiyasi sobiq rahbarining Filadelfiyadagi chiqishini izohlay turib.
“Hillarining Yaqin Sharqdagi urushlari vayronagarchiliklar, terrorizm va IShID terrorchilik guruhi ta’sirining butun dunyo bo‘ylab yoyilishiga olib keldi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)