Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga 29-iyul, juma kuni yangi Tu-214R razvedkachi samolyoti yetib keldi. Bu haqda FlightRadar24’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Bu joriy yilda Rossiya razvedka samolyotining Suriyaga tashlanishi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir. Fevralda Tu-214R samolyoti Qozon aviatsiya zavodidan uchib chiqqandan so‘ng, Xmeymim aviabazasiga yo‘l olganligi haqida ma’lum qilingan edi.
“MilitaryRussia.ru” saytining qayd etishicha, hozirgi paytda Rossiya harbiy-kosmik kuchlari ikkita ana shunday strategik razvedkachi samolyotga ega.
Izoh (0)