Xiaomi Mi4i smartfoni hindistonlik Ajay Raja Negining qo‘lida turganida o‘z-o‘zidan olov olib, portlab ketdi. Bu haqda, XDA Developers’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Voqea ofisda ro‘y bergani bois kuzatuv kameralariga tushib qoldi. Videoqaydlarda ko‘rinishicha, Ajay olov olgan telefonni otib yuborgan, shundan so‘ng u portlab ketgan.
Xiaomi kompaniyasi vakillari voqea tekshirilayotganini ma’lum qildi. Tovon sifatida Negiga boshqa smartfon taklif qilindi.
Izoh (0)