Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

16—18-sentabr kunlari Toshkent mezbonlik qiladigan tennis bo‘yicha Devis Kubogi doirasidagi O‘zbekiston — Shveysariya o‘yinida dunyoning uchinchi raqamli raketkasi Rojer Federer ishtirok etmaydi.

Foto: Rogerfedererfans.com

Foto: Rogerfedererfans.com

Federer bayonot berib, yil yakuniga qadar kortga tushmasligini e’lon qildi. U Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ham ishtirok etmaydi.

“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, beshinchi raketka Stanislas Vavrinka ham katta ehtimol bilan Toshkentga kelmaydi. O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi tennischi esa ATP reytingida ayni vaqtda 125-o‘rinda bormoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi Devis Kubogining avvalgi bosqichida Xitoyni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda