Oliy iqtisod maktabining monitoringi doirasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 41 foiz rossiyaliklarda oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun yetarlicha mablag‘ yo‘q. Bu haqda Rossiya Milliy tadqiqotlar universiteti saytida chop etilgan ma’lumotga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 23 foizi oilaviy moddiy sharoitini yomon yoki juda yomon (o‘z sharoitiga ko‘ra nochor ahvolda) deb hisobladi. Kerakli kiyim-kechak va oziq-ovqat uchun yetarlicha mablag‘ga ega bo‘lmaganlar (iste’mol imkoniyati bo‘yicha nochor) 41 foizni tashkil etdi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘rovnomada Rossiyaning 46 hududidagi 130 ta aholi punktidan jami 1 600 kishi ishtirok etdi.
Izoh (0)