Qarshining “Nasaf” klubida 11 yildan buyon darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan mutaxassis Denis Ivankov bilan “Championat.asia” sayti xodimi suxbat uyushtirdi.
Suxbat asnosida jurnalist O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni kim bo‘lishi kerakligi borasidagi savol bilan murojaat qilganida, Denis Ivankov shunday javob berdi:
“Babayan terma jamoa ruliga o‘tirgach, Lobanovni ayni paytdagi O‘zbekistonning eng kuchli darvozaboni, deb aytgandi. Bu uning fikri. Lekin men Babayanning fikriga qo‘shilmayman”, — dedi Ivankov. — “Shaxsan men uchun Lobanov O‘zbekistondagi eng kuchli kiper emas. Nazarimda Eldor Suyunov va Ignatiy Nesterov bu borada peshqadamlik qiladi. Asosiy tarkib uchun ular raqobatlashishi kerak deb o‘ylayman”.
Denis Ivankov “Bunyodkor” posboni Murod Zuxurov haqida ham to‘xtaldi: — “Nesterov va Suyunov asosiy tarkib uchun kurashishi kerak o‘ylaganimdek, Zuxurovni termadan joy olishga munosib deb bilaman. Bu mavsumda Murod ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda. ‘Bunyodkor’da darvozabonlar murabbiyi bo‘lib Pavel Bugalo ish boshlagach, Zuxurovning o‘yinlari yanada o‘sdi”.
Mutaxassis yaqin yillar ichida O‘zbekiston terma jamoasidan joy olishi kutilayotgan “Nasaf”ning yosh darvozaboni haqida ham to‘xtalgan:
“Umid Ergashev ajoyib bolakay. Umid qilamanki, yaqin yillar ichida uni O‘zbekiston milliy terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboniga aylantiraman. Chunki uning iqtidori juda yuqori”, — dedi Denis Ivankov.
Izoh (0)