Turkiyada muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy to‘ntarishdan so‘ng Rossiyaga tegishli Su-24 samolyotining urib tushirilishi qaytadan taftish qilinadi. Bu haqda mamlakat energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Olbayroq HaberTurk telekanaliga bergan intervyusida bayonot berdi, deb yozmoqda “RBK”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Uludaradagi voqealar ham qaytadan o‘rganib chiqiladi — 2011-yilda u yerda mamlakat harbiy-havo kuchlarining aviazarbalari oqibatida kurd aslli 34 fuqaro halok bo‘lgandi.
Hukumatning taxminicha, bu ishlarda to‘ntarish ishtirokchilarining qo‘li bo‘lishi mumkin.
Ilgariroq Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mehmet Shimshek Moskvada bergan matbuot anjumanida Su-24 ni urib tushirgan uchuvchi mustaqil ravishda qaror qabul qilganini aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)