Emirates Airlines kompaniyasining Boeing 777 samolyoti bortida tutun chiqishi tufayli bugun, 26-iyul kuni Mumbay aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda The Times of India nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, samolyot Dubaydan Maldiv orollariga uchib ketayotgandi. Havo kemasi bortida 309 yo‘lovchi bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Samolyot bortida tutun kelib chiqishining sabablari hozircha haqida ma’lumot berilmagan. The Hindu’ning yozishicha, voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)