BMT Xavfsizlik kengashi Iroqqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha missiya vakolatlarini 2017-yil 31-iyulga qadar uzaytirdi. Tegishli rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hujjatda Xavfsizlik kengashi a’zolari Iroqdagi xavfsizlik bo‘yicha hozirgi vaziyat yuzasidan jiddiy tashvishda ekanligini ma’lum qilgan. Bu Iroqda terrorchilik guruhlari, jumladan, IShID guruhining amal qilayotganligi bilan bog‘liq.
Xavfsizlik kengashi ushbu tahdidga qarshi turishning yagona yo‘li barcha iroqliklarning xavfsizlik, siyosat hamda iqtisodiy va gumanitar sohalardagi muammolarni hal etishda birgalikda harakat qilishi ekanligini ta’kidladi.
BMTning Iroqqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha missiyasi Xavfsizlik kengashi tomonidan 2003-yilning 14-avgustida ta’sis etilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)