Afg‘oniston qurolli kuchlari mamlakat sharqidagi Nangarxar viloyatida oxirgi 24 soat mobaynida IShID terrorchi guruhini qo‘llab-quvvatlovchi ko‘plab jangarilarni yo‘q qildi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
To‘qnashuvlar Achin tumanida sodir bo‘ldi. Havo zarbalari va yer usti operatsiyasi natijasida 122 jangari yo‘q qilindi, 20 nafari qo‘lga olindi.
Tinch aholiga zarar yetmadi.
Operatsiya davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)