Turinning “Yuventus” klubi “Manchester Yunayted” tomonidan bo‘lgan navbatdagi taklifni rad etdi, deb yozdi “Chempionat”.
Italiya saytlaridan birida faoliyat olib boruvchi jurnalist Janluka Di Marsio “Yunayted” Pogba uchun 110 million yevro va qo‘shimcha 10 million bonus taklif qilgani haqida yozgan. Biroq bu narx “Yuventus”ni qanoatlantirmagan.
Maqolada keltirilishicha, “Napoli”dan Gonsalo Iguainning xarid qilinishi Pol Pogbaning sotilishiga qarab qolmagan. Argentinalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun “Yuventus” mablag‘ni Mario Lemina, Roberto Perreyra, Simone Dzaza kabi futbolchilarni sotish orqali ishlab olmoqchi.
Izoh (0)