Yaponiyada Pokemon Go mobil o‘yini rasman chiqqanidan so‘ng 100 dan ortiq turli hodisalar ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat bosh politsiyasi boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Muassasaning qayd etishicha, so‘nggi to‘rt kun ichida harakat vaqtida Pokemon Go o‘yinini o‘ynagan avtomobil, mototsikl va velosiped haydovchilari ishtirokida 71 ta to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Hech kim jabrlanmadi.
Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab o‘yin bilan bog‘liq yana 30 dan ortiq turli hodisalar yuz berdi. Jumladan, Nagoya shahrida mopeddagi jinoyatchi pokemon izlab hushyorlikni yo‘qotgan ayol kishining sumkasini o‘g‘irlab ketdi. Gifu prefekturasida tezkor yo‘ldagi tunnelda 2 kilometr yurib, Pokemon Go o‘ynagan Braziliya fuqarosi politsiya mahkamasiga yetkazildi.
Avvalroq Yaponiya vazirlar mahkamasi huzuridagi kibernetika xavfsizligi va hodisalar oldini olish markazi mahalliy aholini Pokemon Go o‘ynayotgan vaqtda barcha xavfsizlik choralarni ko‘rishga chaqirgan. Yaponiya aholisiga yo‘lda ketayotgan vaqtda, ayniqsa, temiryo‘l yaqinida, shuningdek, avtostransportda harakatlanayotgan vaqtda pokemonlarni tutmaslik tavsiya qilindi.
Izoh (0)