Suriya poytaxti Damashq shahrida jangarilarning minomyotdan o‘qqa tutishi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 20 nafari yaralandi. Bu haqda France-Presse agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, noma’lum jangarilar hukumat kuchlari nazorati ostidagi dahada joylashgan restoranga qarata o‘q uzgan. Hozircha Suriya hududida faoliyat olib borayotgan hech qaysi bir terrorchi guruh otishma uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Izoh (0)