Solar Impulse 2 samolyoti dunyo bo‘ylab sayohatining oxirgi bosqichini boshladi. Havo kemasi Qohiradan Abu-Dabiga parvoz qildi. Bu haqda loyihaning rasmiy saytida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Oxirgi parvoz ikki kun davom etadi. Moskva vaqti bo‘yicha 5:23 da (Toshkent vaqti bo‘yicha 7:53) quyosh batareyalarida harakatlanuvchi samolyot 192 kilometr masofani bosib o‘tdi. Bu butun bosib o‘tiladigan yo‘lning 7 foizini tashkil etadi.
17-iyul kuni Solar Impulse 2’ning uchuvchisi Bertran Pikarning betobligi tufayli sayohatni yakunlashni ortga surishga to‘g‘ri keldi. U oshqozonidagi muammo tufali 48 soatlik parvozga dosh bera olmasligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib otamiz, samolyot 13-iyul kuni Qohiraga qo‘ngan edi. Aynan Abu-Dabidan 2015-yilning 9-martida u o‘z turnesini boshlagan edi.
Havo kemasi hozirgacha dunyoning 15 shahrida bo‘lishga ulgurdi.
Izoh (0)